

Angliya klubi nemis futbolchisi o'z tajribasi va mahorati bilan jamoaga yordam berishi mumkin deb hisoblaydi. "Liverpul"ni shuningdek Kimmixning "Bavariya" bilan shartnomasi kelayotgan yozda yakunlanishi va shu sabab u bilan tekinga shartnoma imzolash imkoniyati o'ziga jalb qilmoqda.
Kimmix joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchini 50 million evroga baholamoqda.



