“Liverpul” yana Fekirga ko'z tikdi

Nabil Fekir yana “Liverpul” qiziqishlari doirasiga tushdi.

O'tgan mavsum avvalida “Liverpul”ga transferi amalga oshmay qolgan “Lion” yetakchisi Nabil Fekir joriy yil yozida Mersisayd klubi a'zosiga aylanishi mumkin. “Qizillar” ham uni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. “Lion” esa 1 yildan keyin shartnomasi yakunlanadigan futbolchini sotib, mo'maygina daromada olishni o'ylamoqda. Joriy mavsum Fekir Liga 1 da 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.


Manba: Football24