

Yevropaning boshqa top-klublari ham Daichi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda. Yozda futbolchining "Ayntraxt" bilan shartnomasi yakunlanadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo'shilishi mumkin. Shu sabab, hozirdanoq Kamada istalgan jamoa bilan bemalol muzokaralar olib borish huquqiga ega. Jumladan, "Liverpul" klubi tarkibini Daichi bilan kuchaytirish variantiga qiziqish bildirmoqda.
Bundesliga ushbu mavsumining 18 uchrashuvida yaponiyalik futbolchi 7 ta gol urib, sheriklariga 4 ta golli uzatma etkazib bergan.



