"Liverpul" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
3 avg 2021
Fabino "Liverpul" bilan kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, yangi kelishuv 2026 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Unda futbolchining maoshi ham sezilarli oshgan bo'lishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2017 yilning yozida Mersisayd klubi tarkibiga o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u jamoa uchun 122 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano