"Liverpul" xavbeki Luis Dias jamoaning mavsum so'ngidagi maqsadlari haqida gapirdi

Alisher
22 apr 2022
"Liverpul" yarim himoyachisi Luis Dias jamoaning mavsum so'ngidagi maqsadi haqida gapirdi.

"Biz qolgan barcha o'yinlarni yutishimiz kerak, xato qilishga haqqimiz yo'q. Barcha musobaqalar, har bir o'yin turli xildir, ayniqsa, APLdagi bahslar. Biz uchun har bir o'yin final va biz nima qilish kerakligini bilamiz", - deydi Dias.

"Liverpul" APL turnir jadvalida "Manchester Siti"dan ortda qolgan holda 2-o'rinda bormoqda.

Jamoa 27 aprelda "Vilyarreal"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final ilk o'yinini o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com