"Liverpul" "Vest Xem" o'yinchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
31 yanv 2021
"Liverpul" "Vest Xem" himoyachisi Issa Diopni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Bitimda o'yinchini keyinchalik 20 million funt evaziga xarid qilish borasidagi band qo'shilgan.

Qayd etish kerakki, London klubi o'z futbolchisini 45 million evroga baholamoqda.

Diop joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports