"Liverpul" Vengriya terma jamoasi himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi. Unga MYU va "Chelsi" ham da'vogar

Sherzod Nurmatov
25 dek 2024, 18:25
Milosh Kerkez "qizillar" futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Liverpul" "Bornmut"ning chap qanot himoyachisi Milosh Kerkezga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Football Insider" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchining xizmatlariga "qizillar"dan tashqari "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham qiziqmoqda.

Milosh joriy mavsum "Bornmut" tarkibida 17 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider