"Liverpul" va "Everton" o'rtasidagi derbi ko'chirilmaydi va "Gudison Park"da bo'lib o'tadi

Alisher
10 iyun 2020
Angliya Premer-ligasi 30-turi doirasidagi "Everton" - "Liverpul" o'yini "Gudison Park"da bo'lib o'tadi.

Bugun "Everton" klubi Mersisayd policiyasi va muxlislar uyushmalari o'rtasidagi muzokaralardan so'ng o'yinni Liverpulda o'tkazishga kelishib olishganini xabar qildi.

"Everton" qolgan barcha uy uchrashuvlarini o'zining stadionida o'tkazishi mumkin. O'yinlar muxlislarsiz bo'lib o'tadi.

"Everton" va "Liverpul" o'rtasidagi o'yin 21 iyunda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: evertonfc.com