"Liverpul" va "Chelsi" ispaniyalik futbolchi transferi uchun kurashga kirishmoqda

Sherzod Nurmatov
4 apr 2025
Madridning "Real" klubi, shuningdek, Angliya Premer-ligasi grandlari "Liverpul" va "Chelsi" yozda 19 yoshli Din Xyoysenni sotib olmoqchi.

"The Independent" xabariga ko'ra, klub "Bornmut" himoyachisi uchun 50 mln funt to'lashi kerak bo'ladi.

Din "Bornmut"ga o'tishdan oldin "Yuventus Nekst Jen", "Yuventus" va "Roma"da o'ynagan.

Xyoysen 2025 yildan buyon Ispaniya terma jamoasida o'ynab kelmoqda. "Bornmut" Angliya chempionatida 44 ochko bilan o'ninchi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent