“Liverpul” va “Arsenal” 80 million evrolik futbolchi uchun kurashmoqda

Khoja
26 apr 2024
“Real Sosedad” yarim himoyachisi Martin Subimendi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Martin Subimendiga “Liverpul” va “Arsenal” tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.

Yarim himoyachining “Real Sosedad” bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.

Ma'lumot uchun,  25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com