"Liverpul" Turkiya terma jamoasi futbolchisi bilan qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2019
Beshiktosh klubi xavbeki Dorukxan Tokez Liverpul vakillarining qiziqishiga sabab bo'lmoqda, deya xabar qiladi Fotomac.

Avvalroq, Tokezning jamoasi Udinezedan tushgan taklifni rad qilgandi. Italyan klubi 23 yoshli yarim himoyachiga 8 mln. evro taklif etgandi. 

Qayd etilishicha, mersisaydliklar futbolchi bilan muzokaralarni boshlagan. Qizillar futbolchi uchun 10 mln. evro sarflashi kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Fotomac