"Liverpul" "Trabzonspor" darvozaboni bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
5 apr 2021
"Trabzonspor" posboni Ugurjan Chaqir faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin turibdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 25 yoshli turkiyalik futbolchi "Liverpul"ga kerak bo'lmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp darvoza chizig'idagi raqobatni oshirish maqsadida, shuningdek, yozda jamoaning ikkinchi posboni Adrianning jamoadan ketishi bois uni olib kelinishini istamoqda.

"Trabzonspor" posbonining transferidan 15 mln evro ishlab olishni istamoqda.

Ushbu mavsumda Chaqir Turkiya chempionatining 29 o'yinida 10ta quruq o'yin o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports