"Liverpul", "Tottenxem" va "Yuventus" Koman uchun kurashmoqda

Alisher
20 sen 2021, 10:28
"Bavariya" forvardi Kingsli Koman faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi.

25 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Liverpul", "Tottenxem" va "Yuventus" davogarlik qilmoqda.

O'yinchi "keksa sinora" safida 2014/15 yilgi mavsumda harakat qilgan.

Koman joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt uni 65 mln evroga baholamoqda.






AlisherMuallif
Manba: Fichajes