"Liverpul" Tiagoni 30 mln evro evaziga xarid qilishga rozi bo'ldi

Alisher
17 sen 2020
"Bavariya" yarim himoyachisi Tiago Alkantara tez orada "Liverpul" o'yinchisiga aylanadi.

Mersisaydliklar nemis klubi talab qilayotgan 30 million evro miqdoridagi mablag'ni to'lashga tayyor.

Tomonlar muzokaralarni "Bavariya" bitimni Bundesliganing 1-tur doirasidagi 18 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yinga qadar yakunlashlarini xohlayotganlarini bildirganlaridan so'ng tezlashtrib yuborishdi.

"Liverpul" va Tiago hali shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishmadi, ammo muzokaralarning bu qismi qiyinchiliksiz o'tishi kutilmoqda.

Ispaniyalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsum "Bavariya" tarkibida Bundesligada 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic