"Liverpul" so'nggi 6 ta o'yinda asosiy vaqtda 1 martagina g'alaba qozona oldi

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2022
"Liverpul" Angliya kubogining yarim finalida "Arsenal" bilan durang o'ynadi (0:0).

Yurgen Klopp shogirdlari so'nggi 6 ta o'yinda faqat bir martagina asosiy vaqtda g'alabaga erishdilar. Bu g'alaba Angliya kubogi doirasida uchinchi divizion jamoasi "Shrusberi" ustidan qo'lga kiritilgan. 

Mersisaydliklar shuningdek Liga kubogining 1/4 finalida "Lester"ni penaltilar seriyasida mag'lub etishdi. 

Qolgan to'rtta o'yinda esa "Liverpul" uchta durang va bitta mag'lubiyat qayd etgan. 

Jamoa navbatdagi o'yinini 16 yanvar kuni APL doirasida "Brentford"ga qarshi o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia