"Liverpul" "Shalke" futbolchisiga qiziqib qoldi

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi himoyachisi Ozan Kabak faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

The Telegraph nashri xabariga ko'ra, 20 yoshli turkiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirgan. Virjil van Deyk hamda Jo Gomes jiddiy jarohat olgani tufayli Yurgen Klopp markaziy himoyachi izlayapti. 

"Shalke" Kabakning transferiga "qizillar" hujumchisi Divok Origi qo'shilgan taqdirdagina kelishuvga rozi bo'lishi mumkin.

"Milan" "Shalke"ga Kabak bo'yicha navbatdagi taklifni beradi 


Manba: The Telegraph