"Liverpul" Salohga jarohat etkazgan Ramosni sotib olmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
27 may 2019
"Liverpul" "Real" himoyachisi Serxio Ramosni sotib olishga qiziqmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, gap o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finalida Ramos Muhammad Salohga etkazgan jarohatda emas. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, "qaymoqranglilar" sardori klubni kuchaytiradigan futbolchilar safiga kirmaydi.

Oldinroq, Ramosga "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va nomi oshkor qilinmayotgan Xitoy klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Joriy mavsum Ramos "Real" safida 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star