"Liverpul” Rodrigo uchun qancha to'lashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

Alisher Ostonov
28 dek 2025
Angliyaning "Liverpul” klubi "Real"ning 24 yoshli braziliyalik hujumchisi Rodrigo bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Muhammad Salohning jamoadan kyetishi fonida inglizlarning hujumchiga qiziqishi ortdi.

Insayderlarning takidlashicha, "Liverpul” Rodrigo uchun 50-60 mln evro to'lashga tayyor. Tez orada Arne Slot jamoasi rasmiy taklifni “qaymoqranglilar”ga yuborishi mumkin.

Rodrigo 2020 yildan beri "Real"da o'ynamoqda. Bu mavsumda hujumchi La Ligada 16 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Defensa Central