"Liverpul" Remzi bo'yicha taklif berdi, "Aberdin" 10 mln evro xohlamoqda

Alisher
12 iyun 2022
18 yoshli shotlandiyalik rekord narxga "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Mersisayd klubi "Aberdin"ga fulbek Kelvin Remzining transferi borasida rasmiy taklif berdi.

"Liverpul" ehtimoliy yangi o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishishga yaqin.

"Aberdin" qanot himoyachisi uchun bonuslar bilan 10 million evro miqdorida olmoqchi. Bu o'z klubi uchun rekord narxdagi transfer bo'lishi mumkin.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano