"Liverpul" - "Real" va "Borussiya" - "Manchester Siti" o'yiniga hakamlar tayinlandi

Alisher
12 apr 2021
UEFA matbuot xizmati CHL 1/4 final javob o'yinlarida ishlovchi hakamlar nomlarini ma'lum qildi.

"Liverpul" va Madridning "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinni Born Kyoypers boshchiligidagi niderlandiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda ispanlar inglizlarni 3:1 hisobida taslim etishgan edi.

"Borussiya" (Dortmund) - "Manchester Siti" o'yinida esa ispan hakamlari ishlaydi. Bosh referi - Karlos del Serro Grande. Ilk o'yin "Siti"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

Ikki javob o'yini ham 14 aprel kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com