Xet-trik: "Tottenxem" Tudor qo'l ostidagi uchinchi o'yinida ham mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
6 mar 2026
APLning 29-turi doirasidagi "Tottenxem" - "Kristal Pelas" uchrashuvi yakuniga etdi.

London derbisida "Kristal Pelas" g'alabaga erishib, o'z hisobida uch ochko yozdirib qo'ydi. Bu "Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudorning jamoa boshqaruvidagi uchinchi o'yini bo'ldi. Ularning barchasida "shporlar" mag'lubiyatga uchradi.

Shu tariqa "Tottenxem"ning APLdagi g'alabasiz seriyasi 11 o'yinga etdi.

"Tottenxem" – "Kristal Pelas" 1:3

Gollar: Solanke (34) - Sarr (29 pen, 45+7), Larsen (45+1)

"Tottenxem": Vikario - Palinya, Danzo, van de Ven - Porro (Simons, 74), Grey, Sarr, Souza (Gallaxer, 43) - Kolo Muani (Bissuma, 43), Tel - Solanke (Risharlison, 74)

"Kristal Pelas": Xenderson - Richards, Riad, Kanvo - Munos (Klayn, 14), Uorton (Xyuz, 81), Kamada, Mitchell - Sarr, Gessan (Djonson, 67) - Larsen (Uche, 81)

Ogohlantirish: Souza (7), Sarr (25), Bissuma (82) - Larsen (22), Klayn (90+2)

Chetlatish: van de Ven (38)

6 mar 2026, 01:00
Tottenham Hotspur — Crystal Palace
1 – 3
Tugadi


APL JADVALI


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia