"Liverpul" o'ziga kerakli murabbiyni LinkedIn orqali qidirmoqda

Administrator
23 may 2024
LinkedIn tarmog'ida "Liverpul" klubidagi bo'sh ish o'rni haqida e'lon paydo bo'ldi.

Angliyaning "Liverpul" klubi standart vaziyatlar bilan ishlovchi murabbiyni LinkedIn (ish qidirishga mo'ljallangan tarmoq) ijtimoiy tarmog'idan qidirmoqda. Mersisaydliklar LinkedIn'ga ushbu bo'sh ish o'rni bo'yicha maxsus e'lon joylashtirishdi.  Daily Mail nashrining yozishicha, bu juda kamdan kam holatda kuzatiladi. Futboldagi bu kabi yuqori lavozimlarga aksar holatlarda yopiq tarzda nomzod izlanadi. 

"Liverpul" o'z e'lonida klubga UEFA A licenziyasiga ega murabbiy kerakligi va u jamoada standart vaziyatlar bo'yicha ishlashini ma'lum qilgan. Klub raqobatbardosh maosh to'lashi, yiliga 25 kunlik tatil (o'z hisobidan yana besh kun) berishini qo'shimcha qilgan. 


AdministratorMuallif
Manba: Daily Mail