"Liverpul" o'yinchisi: "Messi sizni ahmoq qiladi"

Alisher
26 okt 2019
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner "Barselona" yetakchisi Lionel Messiga qarshi o'ynash qiyinligini aytdi.

- Messi sizni ahmoq qiladi. Charchagan oyoqlar bilan maydon bo'ylab doimiy yugurish doimo og'ir.

Uning o'tgan mavsum CHL doirasida bizga jarima zarbasidan urgan goli? Bu gol uning qanday futbolchi ekanligini ko'rsatib beradi, - deydi Milner.

Messi mavsum boshini jarohati sabab o'tkazib yubordi, ammo La Liga doirasidagi 4ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist qayd eta oldi.


AlisherMuallif
Manba: El Mundo Deportivo