

Avvalroq “Manchester Yunayted” hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi yangi tug'ilgan egizaklardan birining fojiali o'limi haqida ma'lum qilgandi.
"Liverpul" muxlislari Ronaldu 7-raqam ostida to'p tepishidan kelib chiqib bahsning 7-daqiqasida maxsus akciyani amalga oshirishadi.
Ushbu harakatni qo'llab-quvvatlagan va maqullagan "Liverpul" ixlosmandlari dil izhorlarini ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilishadi. Barcha muxlislar "inson fojiasida klub ranglari yo'q" degan fikrga qo'shilishmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Ronalduning o'zi "Liverpul" bilan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.



