"Liverpul" Konatening transferini yakunlamoqda

Alisher
28 may 2021
"RB Leyptsig" himoyachisi Ibraima Konate tez orada "Liverpul" bilan shartnoma imzolaydi.

"Qizillar" shartnomada yozilganidek, o'yinchini 41 million evroga xarid qilish huquqini faollashtirishadi.

Konate "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy maqsadlaridandir.

22 yoshli himoyachi o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Times