"Liverpul" Isakni qo'lga kiritish bo'yicha rejasini o'zgartirdi

Alisher
19 fev 2025
"Liverpul" yozda "Nyukasl"ga almashinuv taklif qilishi mumkin.

"Qizillar" "Nyukasl"ning shvetsiyalik forvardi Aleksander Isakning transferiga juda ham qiziqish bildirishmoqda. Mersisaydliklar bosslari shvetsiyalik futbolchi uchun almashinuv doirasida Darvin Nunes yoki Diogu Jotani taklif qilib ko'rishadi. Oldinroq, "Nyukasl"ning Isak uchun 150 mln evrodan ortiq xohlayotgani ma'lum bo'lgandi.

Aleksander Isak joriy mavsum "Nyukasl" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider