"Liverpul" hujumchisi gol urishi bilan qizil oldi

Khoja
24 sen 2025
"Liverpul" hujumchisi Yugo Ekitike Liga kubogi 32-raundining 85-daqiqasida "Sautgempton" darvozasini ishg'ol qilganidan so'ng futbolkasini echib, muxlislar bilan nishonladi.

Qizig'i hujumchida  allaqachon sariq kartochka bor edi. Natijada, Yugo Ekitike futbolkasini echgani uchun ikkinchi marta ogohlantirish oldi va goldan bir daqiqa o'tib maydondan chetlatildi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng hujumchi ushbu holat bo'yicha barchadan uzr so'ragan. Yugo Ekitikening aytishi bo'yicha, hujumchi o'yinda sariq olganini esdan chiqarib qo'ygan va shu sababli futbolkasini bemalol echgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com