"Liverpul" ho'jayini: "Suares bilan ayni vaqtida hayrlashdik"

Aziz Tukhtamuradov
25 iyul 2014, 15:38
"Liverpul" klubi ho'jayini Jon Xenri Luis Suaresni "Barselona"ga ayni vaqtida sotib yuborganliklarini aytib o'tdi.

"Suares va klub uchun hayrlashish vaqtlari yetib kelgandi. U jamoamiz uchun ko'p narsa berdi. Lekin, "Liverpul" ham qarz bo'lib qolgani yo'q.

Men tarkibimizdagi futbolchilar sonini ko'paytirishni to'g'ri yo'l deb hisobladim. O'tgan mavsumda bizga aynan shu narsa yetishmagan edi. Endi esa biz Chempionlar Ligasida ishtirok etamiz. O'yinlarimiz soni ko'payadi.

O'ylaymanki, jamoada hujumkorlik saqlanib qoladi", - deydi Xenri.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchi 81 million evro evaziga kataloniyaliklar jamoasi safiga borib qo'shildi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru