“Liverpul” gretsiyalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi

“Liverpul” klubi rasmiy sayti “Olimpiakos”dan chap qanot himoyachisi Kontantinos Cimikas transfer qilinganligi haqida xabar berdi.

24 yoshli gretsiyalik futbolchi mersisaydliklar bilan uzoq muddatga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Cimikas yangi jamoasida 21-raqam ostida to'p tepadi. Transfer summasi hozircha ochiqlangani yo'q. Ilgariroq himoyachining transferi ingliz klubiga 13 millionga tushishi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Cimikas “Olimpiakos” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda Gretsiya chempionatining 20 ta uchrashvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi, 4 bor ogohlantirildi.


Manba: "Ливерпуль" расмий сайти