"Adidas" Saloh uchun yangi dizayndagi butsalarini taqdim qildi

Mirjalol Normatov
18 dek 2025
"Adidas" rasmiy saytida Misr termasi va "Liverpul" termasi hujumchisi Muhammad Saloh uchun "F50" rusumidagi butsalarni taqdim qildi.

"Salohning aqlbovar qilmas faoliyati va qadimiy Misrning tarixidan ilhomlandik. Chiroyli, shu bilan birgalikda minimalistik ruhda tayyorlangan butsalar Salohning tezligiga tezlik, hujumkorligiga yanada hujumkorlik qo'shishiga ishonamiz", - deb yoziladi kompaniya taqdimotida.

Saloh Afrika kubogida ishtirok etish uchun, klub ixtiyorini tark etgan. Misr termasi ushbu musobaqa guruh bosqichida JAR, Angola va Zimbabve termalari bilan bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Adidas