"Liverpul" futbolchisi "Yuventus"ga 2018 yil tekinga o'tishga vada berdi

Tolibjon Qosimov
26 avg 2017
"Liverpul" yarim himoyachisi Emre Jan keyingi yil "Yuventus" a'zosiga aylanishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport"ning ma'lumotiga ko'ra, 23 yoshli nemis "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. 2018 yilning yozida esa erkin agent sifatida Italiyaga ketmoqchi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Jan bu borada "Yuventus" vakillariga vada bergan.

Oldinroq, "keksa sinoralar" Janni ushbu yozda 25 million evro evaziga sotib olishga tayyor ekanligi xabar qilingan edi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport