"Liverpul" futbolchisi "Real"ga qarshi o'yinda jarohatlandi

Mirjalol Normatov
28 noya 2024
Konor Bredli "Liverpul"ning navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Mersisayd klubi himoyachisi YCHLda "Real"ga qarshi o'yin vaqtida boldir mushaklarini tortib olgan va shu sababli 87-daqiqada zaxiraga olingan.

Bugun Bredli tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi. Klubdagilar futbolchining dekabr oyidagi muhim uchrashuvlarda qatnasha olmasligidan xavotirdalar. "Liverpul" oldindagi 28 kunda 9 o'yin o'tkazadi.

Shuningdek, kechagi o'yin vaqtida Ibraima Konatening tizzasidagi muammo ham bezovta qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times