"Liverpul" "Enfild"dagi rekonstrukciya ishlari tufayli yilni cheklov bilan yakunlaydi

Omonjon To`xtamirzayev
13 okt 2023
"Liverpul" "Enfild"dagi rekonstrukciya ishlari tufayli mavsumning ma'lum qismini muxlislarga cheklov bilan o'tkazishga majbur.

Ma'lumotlarga qaraganda, arenaning yangi tribunasi hali tayyor emas. Dastlabki reja bo'yicha u mavsum avvaliga tayyor bo'lishi kerak edi. Aytishlaricha, stadionning yuqori yarusi 2024 yilgacha yopiq bo'ladi va stadion faqatgina 51 ming tomoshabinni qabul qila oladi.

Stadion sig'imini 61 ming muxlisgacha ko'paytirish ishlari 2021 yil sentyabr oyida boshlangandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk