"Liverpul" Diego Koshta uchun 24 mln evro taklif qilmoqchi

"Liverpul" murabbiylar shtabi "Atletiko" hujumchisi Diego Koshta xizmatlariga ehtiyoz sezmoqda, deya xabar bermoqda ispan matbuoti.
Xabarlarga ko'ra, "Liverpul" futbolchi uchun 24 million evro to'lashga tayyor. Klublar vakillari bu borada muzokaralarni boshlab yuborishgan.

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone ushbu futbolchining so'nggi mavsumdagi o'yinidan to'liq qoniqish hosil qilgan va u bilan xayrlashmoqchi emasligini takidlamoqda.


Manba: championat.com