"Liverpul" Chempionlar ligasi rekordini o'rnatishi mumkin

Tolibjon Qosimov
30 apr 2018
Ertaga va indinga YCHLda yarim finalning javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

"Liverpul" futbolchilari Rimdagi "Olimpiko" stadionida o'tadigan "Roma"ga qarshi bahsda UEFA Chempionlar ligasining bir mavsumda eng ko'p gol urish borasidagi rekordini yangilashi mumkin. Buning uchun Klopp shogirdlari Italiyada ikkita gol urishlari kerak bo'ladi.

"Qizillar" YCHLning joriy mavsumida 44ta gol kiritishdi. "Barselona"ning 1999-2000 yilgi mavsumda o'rnatgan rekordini takrorlash uchun mersisaydliklarga bitta gol kerak. Ikkta gol urilsa rekord yangilanadi, deya ma'lumot berdi UEFA rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com