"Liverpul" "Chelsi" futbolchisi uchun 50 mln evro to'laydi

Alisher
27 noya 2021
"Liverpul" hali ham "Chelsi" yarim himoyachisi Kristian Pulishichga qiziqmoqda.

Mersisayd klubi bitimni yanvarda amalga oshirmoqchi. "Aristokratlar" ham o'z navbatida amerikalik o'yinchini 50 mln evro to'lansa, sotishga tayyorlar.

"Liverpul" rahbarlari Pulishichning transferi uchun bunday harajatga tayyorlar. 23 yoshli amerikalikning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Kristian joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes