

Mazkur bahs oldidan “Angliya futboli” storisida so'rovnoma o'tkazildi va unda biroz ustunlik mersisaydliklarga berildi – 54 foiz. “Aristokratlar" foydasiga esa 46 %!

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6 uchrashuvning 5 tasida “qizillar” zafar quchgan, “Chelsi” hisobida bitta g'alaba bor.

“Chelsi” APL turnir jadvalida 44 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. 43 ochko ega “Liverpul” esa 6-pog'onada turibdi.
Ma'lumot o'rnida, Tomas Tuxel londonliklar boshqaruviga kelganidan beri hali mag'lub bo'lmadi – 9 o'yin, 6 g'alaba va 3 durang.
Yurgen Klopp va Tuxel o'rtasidagi o'zaro qarama-qarshilikdagi esa ustunlik “Liverpul” ustozi tomonida:
- 14 uchrashuv
- Klopp hisobida 9 g'alaba
- Tuxelda 2 g'alaba
- 3 durang

Eldor Akmurzaev tayyorladi
Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!



