Liverpul Borussiya futbolchisiga 50 million evro to'lashga tayyor

Khoja
12 mar 2025
Borussiya himoyachisi Niko Shlotterbek faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

25 yoshli himoyachiga Liverpul jiddiy qiziqish bildirmoqda. Inglizlar futbolchiga 50 million evro to'lashga tayyor. Biroq nemis klubi ham o'zining asosiy himoyachisi bilan yangi shartnoma tuzishni maqsad qilgan.

Nikoning Borussiya bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum Bundesligada 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com