"Liverpul" - bir mavsum ichida YCHL, Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogi finaliga chiqqan birinchi ingliz jamoasi

Aziz Tukhtamuradov
4 may 2022
"Liverpul"dan qoyilmaqom natija.

Mersisaydliklar Angliya futboli tarixida bitta mavsumda birdaniga uchta turnir finaliga chiqqan ilk ingliz jamoasi bo'ldi - jamoa Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogi musobaqasi finalida qatnashadi. 

Yurgen Klopp jamoasi YCHL yarim finalida "Vilyarreal"dan ustun keldi. Fevral oyida esa Angliya ligasi kubogi finalida "Chelsi"ni mag'lub etgandi. 14 may kuni esa Angliya Kubogi finali doirasida yana "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta