“Liverpul” “Bavariya” yarim himoyachisiga 30 million evro to'lashga tayyor

Alisher
20 avg 2023
“Liverpul” Rayan Gravenberxni “Bavariya”dan 30 million evroga sotib olishga tayyor.

Inglizlar hozircha rasmiy taklif bilan chiqishmadi, biroq ular futbolchini jiddiy tarzda kuzatishmoqda. Avvalroq, nemis jamoasi yarim himoyachisini 40-50 million evroga sotishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Niderlandiyalik futbolchi 2022 yilning yozida "Ayaks"dan "Bavariya"ga o'tgan edi. U klub safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda. Bitim 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: sports.ru