"Liverpul" Angliya Liga Kubogidan chetlashtirilishi mumkin

Alisher
28 sen 2019
"Liverpul" Liga Kubogi musobaqasidan chetlashtirilib yuborilishi mumkin.

Klub musobaqaning 3-bosqichi doirasidagi "MK Dons" (2:0) ga qarshi uchrashuvida bu turnirda o'ynash huquqiga ega bo'lmagan futbolchini tushirgan.

Ushbu holat bo'yicha surishtiruv ishlari boshlangan. Futbolchining ismi hozircha oshkor qilinmayapti.

Agar klub qoidalarni buzganlikda aybdor deb topilsa, jarima to'laydi yoki musobaqadan chetlatiladi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic