"Liverpul" Aleksandr-Arnold bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2021
Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachi Trent Aleksandr-Arnold bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.

22 yoshli o'ng qanot himoyachisining yangi bitimi 2025 yilgacha amal qiladi. 

Trent 2016 yildan buyon "qizillar"ning asosiy tarkibida o'ynaydi. Futbolchi klub bilan birgalikda Angliya chempioni  bo'ldi, Chempilnlar Ligasi, UEFA Superkubogi hamda klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com