"Liverpul" 50 mln evrolik to'purar bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
16 mar 2024
APL klublariga hujumchi Omar Marmush qiziq.

25 yoshli futbolchiga ko'proq "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar u uchun 50 million evro to'lashga tayyor.

Misrlikka shuningdek "Arsenal" ham befarq emas. "Tottenxem" va "Nyukasl" bir qancha vaqtdan beri o'yinchini kuzatmoqda.

Marmush joriy mavsum Bundesligada "Ayntraxt"ning eng yaxshi to'purari hisoblanadi, u 20ta o'yinda 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: As