Livakovich JCH-2022da seyvlar soni bo'yicha yetakchi bo'ldi

Mirjalol Normatov
18 dek 2022
JCH-2022 3-o'rini uchun bahsda Xorvatiya termasi Marokashni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu uchrashuvda xorvatiyaliklar posboni Dominik Livakovich afrikaliklar yo'llagan 2 zarbaning bittasini qaytardi. Shu orqali JCH-2022dagi seyvlari sonini 25taga etkazib oldi. Bu esa seyvlar soni bo'yicha 2-o'rindagi Polsha darvozaboni Voycex Shensnidan 2 baravar ko'p degani. Qayd etish kerak, Shensni ushbu mundialda Livakovichdan 3ta kam o'yin o'tkazdi.

Xorvatiyalik posbondan o'tib ketish deyarli ilojsiz. Chunki finalga chiqqan Ugo Lorisda 10 seyv bo'lsa, Emiliano Martines hisobida 5 seyv bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal