

Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines jarohat sabab terma jamoaning noyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Futbolchi oyog'idan olgan jarohati sabab terma jamoa yig'inlaridan ortga qaytgan.
Martines yaqin kunlar davomida "Manchester Yunayted" klubi shifokorlari nazoratida bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Lisandroning o'rniga Argentina termasiga Fakunda Medina chaqirildi.



