Lisandro og'ir jarohatidan so'ng MYU mashg'ulotlariga qaytdi

Administrator
30 okt 2025
Himoyachi fevraldan beri maydonga tushmagan edi.

Lisandro Martines "Manchester Yunayted" bilan mashg'ulotlarni boshladi.

"Manchester Yunayted" himoyachisi bugungi mashg'ulotda asosiy tarkib futbolchilari bilan birgalikda ishtirok etdi.

Argentinalik futbolchi 2 fevral kuni "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (0:2) tizzasining xochsimon bog'lamidan jarohat olgan va o'shandan beri maydonga tushmagandi. U jarrohlik amaliyotidan o'tgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia