Skoulz derbidagi g'alabadan so'ng Martinesni ogohlantirdi

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2026
Manchester derbisi arafasida Pol Skoulz Erling Holand Lisandro Martinesning bo'yi sabab oson gollar uradi, deb hisoblagan edi.

Biroq argentinalik himoyachi afsonaning fikri xatoligini isbotladi.

Skoulz Martinesning "Manchester Siti"ga qarshi o'yinini yuqori baholab, unga hurmat bildirdi, ammo bu yagona o'yin markaziy himoyachiga ortiqcha baho uchun asos bo'lmasligi kerakligini ta'kidladi:

"Tanqid odamlarni rag'batlantiradi. Martinesning shanba kungi o'yinida bizni ham ma'lum bir darajada hissamiz bor deb o'ylayman. U ajoyib o'yin o'tkazdi, ammo sen ko'p gapira boshlasang, tilni ortiqcha ishlatsang, futbol odatda qaytib kelib seni jazolaydi.

Men hali fikrimni o'zgartirganim yo'q. Hali ham u bilan chempionlikni qo'lga kiritish mumkinligiga ishonmayman. U hali ko'p narsani isbotlashi kerak. Shanba kuni qilgan ishi - ajoyib, lekin buni doimiy ravishda ko'rsatishing shart", – dedi Skoulz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Good, The Bad and The Football