Lionel Messi 2005 yildan beri ilk bora "Oltin to'p" ro'yxatidan tushib qoldi

Administrator
13 avg 2022
France Football "Oltin to'p" uchun nomzod 30 futbolchi nomini e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatdan Lionel Messining o'rin olmagani ko'pchilikning e'tiborini tortdi. Shu tariqa, Leo Messi 2005 yildan beri ilk bor "Oltin to'p" uchun nomzodlar ro'yxatiga kiritilmadi. Messidan tashqari yuqoridagi ro'yxatga PSJ futbolchisi Neymar ham kiritilmagan. Parijliklar tarkibidan 30 talik ro'yxatda faqatgina Kilian Mbappe bor.

Ma'lumot uchun "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritish bo'yicha Messi mutlaq yetakchi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi hisobida 7 ta "Oltin to'p" sovrini bor.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia