

Ma'lum bo'lishicha, mehmon jamoa uchun ajratilgan minbarda o'tirgan turkiyalik ishqibozlar yuqori yarusdan maydonga turli xil taqiqlangan buyumlar uloqtirishgan. Natijada mahalliy muxlislar maydonga chiqib kyetib, o'rindiqlarni tark etishga majbur bo'lishgan.
“Lion” klubi prezidenti Jan-Mishel Olas vaziyatni yumshatish uchun tartibsizliklar kelib chiqqan minbarga borgan.
“Lion” rasmiy tvitterining xabar berishicha, o'yin bir necha daqiqaga kechikib boshlanadi.



