Lingard faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin, unga arab klubida yiliga 10 mln funt taklif qilishmoqda

Alisher
16 iyul 2022
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Jessi Lingard kelasi haftada yangi klubi borasida bir qarorga kelishni rejalashtirmoqda.

29 yoshli angliyalik 22 iyulgacha o'z qarorini qabul qiladi.

Futbolchi MLS klublaridan bo'layotgan taklifni rad etmoqchi va yiliga 10 mln funt to'lashga tayyor bo'lgan va nomi ma'lum qilinmayotgan Saudiya Arabistoni klubiga o'tmoqchi.

Lingard "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlangani sabab o'tgan mavsumning so'nggida erkin agentga aylandi. Xavbek o'tgan mavsum MYU safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic